Ishlab chiqish. Ishlab chiqarish. Xizmat ko’rsatish.
Abonent to’lovisiz
O’xshash moslamalar orasida avtonom ishlash vaqti bo’yicha eng uzoq vaqt ishlovchi
Obyektlarning joylashgan joyini aniq belgilash tizimi
Moslama dunyoning barcha mamlakatlarida ishlaydi
Oddiy
Masofaviy
Qulay
Ishonchli
X-KEEPER
Ishlab chiqish. Ishlab chiqarish. Xizmat ko’rsatish.
Moslama dunyoning barcha mamlakatlarida ishlaydi
Obyektlarning joylashgan joyini aniq belgilash tizimi
Batareya muddati kamida 3 yil
Abonent to’lovisiz
Biz qanday qilib biznesga xatarlarni kamaytirish va o’z aktivlarini himoya qilishga yordam beramiz
O’zbekistonda lizing sohasi oxirgi bir necha yil davomida ko’tarilib bormoqda. Respublika Lizing assotsiatsiyasi ma’lumotlariga qaraganda, 2024-yilning birinchi yarmida tuzilgan lizing bitimlarining soni 2023-yilning birinchi yarmiga qaraganda 80%ga oshgan. Tahlilchilarning bashorat qilishicha, sohaning rivohlanish sur’atlari raqamli xizmatlarning qo’llanilishi va bitimlarni rasmiylashtirish jarayonining soddalashtirilishi tufayli ancha jadallashib bormoqda.
SHu bilan birga soha ekspertlari lizing beruvchilar duch kelib yurgan joriy muammolarni ham e’tirof etmoqdalar. Vijdonsiz mijozlar – bozorning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi asosiy sabablardan biridir. Lizing kompaniyalari lizing predmetiga o’rnatilgan GPS tizimining o’zboshimchalik bilan olib tashlanishi holatlariga duch kelmoqdalar. Ko’pincha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kompaniya aktivlarini qidirishdan bosh tortishi holatlari ham qayd qilinib, bu qo’shimcha xavf-xatar omili hisoblanadi.

Muammoning yechimining kaliti X-KEEPER kompaniyasi to’laqonli ravishda egalik qiladigan samarali nazorat usullarini joriy qilishdan iboratdir. Biz nafaqat yangi avlod monitoring tizimlarini, balki xatarlarni kamaytirish, aktivlarni muhofaza qilish va daromadni oshirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyati hamda innovatsion yechimlarni joriy qilishni taklif qilamiz
Jihozlarni o’rnatish bo’yicha xizmatlar
Biz istalgan turdagi lizing predmetlariga jihozlarni sifatli va tezkor o’rnatishni kafolatlaymiz. Mazkur xizmat xatoliklarga yo’l qo’ymaslik imkonini berib, qurilmaning ilk kunlardanoq to’g’ri ishlashini ta’minlaydi.

Siz vaqtingizni tejab qolib, uni xodimlarni o’qitish yoki tashqi mutaxassislarni qidirishga sarflashingiz mumkin bo’ladi.
Bitim tuzishda tovlamachilik xavfining va korrupsion til biriktirish holatlarining kamayishi
Siz jarayonlarni avtomatlashtiruvchi hamda har bir bitimni bosqichma-bosqich kuzatib borish imkonini beruvchi texnologiyalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz, bu esa shubhali harakatlar va anomaliyalarni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi.
Bitimda uchinchi shaxs – mustaqil ekspertning paydo bo’lishi noqonuniy boyib ketish maqsadida til biriktirish holatlarining bo’lmasligini kafolatlaydi.
Operatsion samaradorlikning oshishi
Siz kundalik vazifalarni avtomatlashtirgan hamda resurslarni ustuvorligi yuqoriroq loyihalar uchun bo’shatgan holda ish jarayonlarini sezilarli darajada optimallashtirishingiz mumkin.
Tahliliy instrumentlardan foydalanish imkoniyati amaliyotlarda tor sohalarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi. Siz bozordagi o’zgarishlarga moslashib olishingiz hamda yangi chaqiriqlarga tezkor javob berishingiz mumkin.

Biznes jarayonlarning shaffofligining oshishi
O’zaro harakat uchun APIdan foydalanish inson omilini hisobdan chiqarish imkonini berib, bu xatoliklar ehtimolligini sezilarli darajada kamaytiradi va amaliyotlarning umumiy ishonchliligini oshiradi.
Jarayonning har bir qadami qayd qilinadi va loglanadi, bu esa barcha harakat va o’zgarishlarni kuzatib borish imkonini beradi.
Biz moliyaviy tashkilotlardagi axborotning maxfiyligining ahamiyatini tushunamiz, va barcha jarayonlar shunday sozlab qo’yilganki, unda buyurtmachilarimizga tegishli ma’lumotlarning xavfsizligi va himoyasi 100%ga ta’minlangan bo’ladi.
X-KEEPER bugun
Monitoring yechimlarini ishlab chiqish sohasidagi ko’p yillik tajribamiz bizga bozorda yetakchi pozitsiyalarni egallashimiz uchun imkon beradi.
19 yildan beri monitoring tizimlarini yetkazib beramiz
Lizing amaliyotlari autsorsingi bo’yicha raqamli tizimni yaratdik
Butun dunyo bo’ylab 1 500 000+ nafar faol qurilmalar
Yo’ldosh monitoringi (GNSS) uchun qurilmalarni yetakchi ishlab chiquvchi va ishlab chiqaruvchi
11 xil o’ziga xos ishlanmalar
Navigatsion-aloqa texnologiyalar sohasidagi innovatsion tashkilot
Lizing hamjamiyati
Biz lizing hamjamiyati hayotida faol ishtirok etmoqdamiz va lizing sohasi Rossiyada ham, chet elda ham zamonaviy it echimlari va raqamli xizmatlarning imkoniyatlarini to'liq ochib berishi uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz.
Bizning qurilmalarimiz
Autsorsing loyihasini tayyor holgda egasiga topshiradigan darajada amalga oshirish
Lizing shartnomasini masofadan imzolash
Tayyor holdagi shartnoma hujjatlarini imzolash, jumladan imzolovchilarni identifikatsiyadan o’tkazish
Hujjatlarni o’z bazasida saqlash
Avtomobilning tavsifiy ma’lumotlariga muvofiq kelishini ko’zdan kechirish va tekshirish.
Barcha hujjat va ma’lumotlarni tekshirish.
Ish haqida batafsil foto hisobotni taqdim qilamiz
Monitoring tizimini o’rnatish
Lizingga berilgan avtomobilning joylashuvini butun shartnomaning amal qilish davri davomida professional yashirin monitoring tizimi qurilmasini o’rnatish. Ish haqida batafsil foto hisobotni taqdim qilamiz
Lizing predmetini qabul qilish-topshirish
Tomonlarning vakillarini identifikatsiyalash, dalolatnomalarni va BHH (birlamchi hisob hujjatlarini) imzolash. Hujjatlarni shaxsiy kabinetga yo’naltirish
Monitoring tizimiga xizmat ko’rsatish
Mijozlarni qo’llab-quvvatlash, qaynoq liniya, servis xizmatini ko’rsatish
Shaxsiy kabinetga kirish uchun ruxsat berish
MObil ilova va veb versiya orqali lizing obyekti ustidan qulay nazoratni o’rnatish
Siz bergan tugmani bosish orqali shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik berish va rozi bo'ling maxfiylik siyosati